Sayt test rejimda ishlamoqda

Oʻqituvchilarning raqamli kompetensiyalari baholanmoqda

24.09.2024


Joriy yilning 24-sentyabr kuni Uchtepa tumanidagi 129-maktabda oʻqituvchilarning raqamli kompetensiyalarini baholashga qaratilgan test jarayonlari oʻtkazildi. 



Mazkur jarayonlar orqali oʻqituvchilar uchun avvalgi o‘quv yilida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar asosida pedagoglarning raqamli savodxonligi darajasidagi o‘zgarishlar baholandi. 



Ushbu jarayon natijalari asosida oʻqituvchilarning raqamli savodxonligini oshirishga qaratilgan oʻquvlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.