Sayt test rejimda ishlamoqda

Oʻqituvchilar uchun zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha seminar tashkil etildi

21.12.2024


Joriy yilning 19-dekabr kuni Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan Sergeli tumanidagi 104-maktabda o‘qituvchilar uchun zamonaviy pedagogik dasturiy vositalardan samarali foydalanish bo‘yicha seminar tashkil etildi.



Seminar davomida Canva platformasi orqali multimedia taqdimotlarini yaratish hamda Yagona raqamli ta’lim resurslari va xizmatlari portalida tabiiy fanlar bo‘yicha virtual laboratoriyalar va simulyatsiyalardan foydalanishga doir mavzular bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.



Tadbir yakunida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.