Sayt test rejimda ishlamoqda

Oʻqituvchilar ChatGPT'dan qanday foydalanmoqda?

09.11.2023


OpenAI kompaniyasi ChatGPTdan taʼlim jarayonlarini avtomatlashtirishda qanday foydalanish mumkinligi haqida maʼlumot bergan.


“How teachers are using ChatGPT“ maqolasida oʻqituvchilar darslarga tayyorgarlik koʻrish, maktablarda, universitetlarda uy vazifalarini tekshirish va uyda mustaqil oʻqish paytida qulaylik yaratishi yoritilgan.


Qiyin suhbatlar boʻyicha rolli oʻyinlar


Old Dominion universiteti professori Doktor Helen Crompton talabalarga ChatGPTʼdan dars vaqtida rolli oʻyinlarni tashkil etish uchun foydalanishni tavsiya qildi.


Bunda oʻquvchilar tizimdan munozara sherigi sifatida foydalanadi.


Uning vazifasi sherigining fikriy dalillaridan kamchiliklar topish va koʻrsatishi edi.


Yoki oʻzlarini yangi xoʻjayin sifatida tasavvur qilib, mustaqil fikrlarini bildirishlari mumkin edi.


Ushbu tajriba ChatGPT oʻquvchilarga oʻz argumentlarini qoʻshimcha dalillar va yangi bilimlar bilan boyitishga yordam berishini koʻrsatdi.


Oʻquv materiallari asosida viktorinalar, testlar va dars rejalarini tuzish


Ispaniyaning Korunya universiteti professori Fran Bellas oʻqituvchilarga oʻz darslari uchun testlar, imtihonlar va dars rejalarini yaratishda ham ChatGPTʼdan foydalanishni tavsiya qiladi.


Professor birinchi navbatda, oʻquv dasturini ChatGPTʼga joylashtirib, zamonaviy yoki madaniy ahamiyatga ega misollardan foydalanadigan viktorinalar va dars rejalari uchun yangi gʻoyalar soʻraydi.


Bellas, shuningdek, oʻqituvchilarning barcha savollariga javob olishi va oʻquvchilarning sinf darajalarini aniqlash uchun ChatGPT'ga murojaat qilmoqda.


“Agar siz ChatGPT'ga kirsangiz va undan elektr zanjirlari boʻyicha 5 topshiriqdan iborat imtihon savollari soʻrasangiz, u buni yangicha tarzda yaratib beradi. Siz bu gʻoyalardan bemalol foydalanishingiz mumkin boʻladi,” – deydi u.


Ingliz tilida soʻzlashmaydiganlar uchun qiyinchiliklar kamayishi


Yoxannesburg universiteti tadqiqot direktori Doktor Entoni Kaziboni darslardan tashqari vaqtda asosan ingliz tilini bilmaydigan talabalarga dars beradi.


Kazibonining fikricha, ingliz tilini mukammal bilish akademik dunyoda katta ustunlik qiladi.


Shuningdek, ingliz tili grammatikasining eng kichik tafsilotlarini ham tushunmaslik talabalarning oʻz imkoniyatlarini yuzaga chiqarishiga toʻsqinlik qilishi mumkin.


U oʻz talabalarini ingliz tilidagi tarjimada, toʻgʻri yozishda va nutqni yaxshilashda ChatGPT'dan foydalanishga undaydi.


Oʻquvchilarni tanqidiy fikrlashga oʻrgatish


Hindistonning Chennay shahridagi Amerika xalqaro maktabining informatika fani oʻqituvchisi Geeta Venugopal oʻquvchilarga sunʼiy intellekt vositalarini oʻrgatishni oʻquvchilarga internetdan masʼuliyat bilan foydalanishni oʻrgatish bilan solishtiradi.


Shuningdek, u ChatGPT taqdim etgan javoblarga ishonish kerak yoki yoʻqligini tanqidiy oʻylab koʻrish va boshqa asosiy manbalar orqali tekshirishni maslahat beradi.


Eslatib oʻtamiz, endi Oʻzbekiston uchun ChatGPTʼga ruxsat berildi.


Tizim rus yoki ingliz tilida yaxshi ishlaydi.