Joriy yilning 9-yanvar kuni Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan Navoiy viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda Navoiy shahridagi 8-sonli umumta’lim maktabida viloyatdagi pedagoglar uchun “Metodik marafon” oʻtkazildi.
Ushbu jarayonlar pedagoglarga oʻqish savodxonligi, matematika, tabiiy fanlar va boshlang‘ich ta’lim yoʻnalishlarida 4 ta sho‘baga boʻlingan holda tashkil etildi.
Qishki taʼtil hamda oʻqituvchilarning “Kasbiy rivojlantirish kunlari” da o‘tkazilgan jarayonlar uchun yuborilgan materiallar tahlil qilinib, eng yaxshi metodik resurslar mualliflari trener sifatida jalb etilgan.
Onlayn va oflayn tarzda o‘tkazilayotgan marafonga respublikamizning barcha hududlaridan qiziqish bildirgan 1000 nafardan ortiq pedagoglar qamrab olingan.
Har bitta mashgʻulotdan soʻng ishtirokchilar oʻz yoʻnalishlari boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.
Ta’kidlash lozim, mazkur marafondan pedagoglarning zamonaviy talablar asosida innovatsion pedagogik kasbiy mahoratini rivojlanishiga koʻmaklashish, metodik boʻshliqlarni toʻldirish, xalqaro baholash dasturlari tadqiqotlarining navbatdagi bosqichiga samarali tayyorgarlik koʻrishda koʻmaklashishdan iborat.