Joriy yilning 17-iyul kuni Talimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Respublika taʼlim markazi hamkorligida 5-sinf musiqa darsligi boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Unda Nizomiy nomidagi pedagogika universiteti, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti professor-o‘qituvchilari hamda maktablardagi amaliyotchi pedagoglar ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida darslikni takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.