Hurmatli boshlangʻich sinf oʻqituvchilari!
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan “TRM Metodik yordam” telegram kanali ishga tushirilib, videodarslar va metodik qo‘llanmalar joylashtirib borilmoqda.
Siz ham boshqa pedagoglar bilan oʻzaro tajriba almashishga yordam beradigan oʻz darslaringizdan video lavhalarni Telegram botimiz (@trm_metodikabot)ga yuborishingiz mumkin. Materiallar mutaxassislar tomonidan koʻrib chiqiladi va eng yaxshilari kanalda eʼlon qilinadi.
Hurmatli ustozlar, faol boʻling!
Sizning tajribalaringiz boshqa oʻqituvchilarga kasbiy faoliyatida yordam beradi, taʻlim mazmunini boyitadi va barkamol avlod tarbiyasiga katta hissa qoʻshadi.