Matematika fanini oʻzlashtirishda muammoga duch kelish koʻpchilikka tanish holat. Ammo toʻgʻri mashq qilish va harakat bilan matematik yechimlar osonroq boʻlishi mumkin.
Matematikani yaxshi oʻrganmoqchi boʻlganlardan, albatta, qoʻshimcha shugʻullanish talab qilinadi. Bu jarayonda o‘quvchiga ushbu fanni oson o‘zlashtirishi uchun ayrim yondashuvlarni tavsiya qilamiz:
Poydevorni mustahkamlash
Matematika – bu mavzularni ketma-ketlikda osondan murakkabga olib chiquvchi fan. Misol uchun, qoʻshish, ayirish, boʻlish va koʻpaytirish kabi asosiy bilimlarni egallab, ushbu bilimlar asosida algebra, geometriya va hisoblash amallari kabi qiyinroq mavzularni oʻzlashtirish mumkin.
Agar oʻquvchi ayirish yoki qoʻshishni bilmasa, algebra uning uchun, shubhasiz, tushunarsiz boʻladi. Shuningdek, trigonometriya va algebrada mustahkam poydevorga ega bo‘lmay turib, hisob-kitoblarga oʻtish qiyin bo‘ladi. Shuning uchun poydevorni mustahkamlash juda muhimdir.
Raqamlarni anglash
Koʻpchilik matematikani formulalarni shunchaki yodlash orqali oʻrganadi, koʻpaytirish jadvalini xotirada saqlaydi. Garchi bu uslub amaliyotda sinalgan boʻlsa-da, kelajakda muammolarga olib kelishi mumkin.
Agar bola imtihondan oʻtayotgan boʻlsa va toʻsatdan hayajonlansa, yod olganlarini unutishi, eslay olmasligi mumkin.
Buning oʻrniga, raqamlarni tushunish foydali usuldir.
Masalan, agar biz 9×9 nima ekanligini tushunmoqchi boʻlsak,10×9 ni tezda oʻylab, javobi 90 ekanligini bilishimiz mumkin. Keyin,10 emas, toʻqqizdan iborat toʻqqizta guruhni qidirayotganimiz uchun, 90 dan 9 ni ayiramiz, javob 81.
Raqamlarni anglashning koʻp usullari bor. Bu usul bolalarga hisob-kitoblarni osonlashtirishda yordam beradi va ularga muammolarni hal qilishda moslashuvchan boʻlishlariga imkon yaratadi. Raqamlarni anglash hissi rivojlangan bolalar javob qanchalik asosli ekanligini baholay oladilar.
Xatolarni tushunish
Matematika butunlay obyektiv fan. Chunki masalada faqat bitta toʻgʻri javob bor. Sababi fan raqamlarga asoslangan. Oʻquvchi misol va masalalar yechishda xatolarini oʻzi tushunishi, tuzatishi va toʻgʻri yechimni topishi muhimdir.
Savolni tushunish
Matematika raqamlarga asoslangan boʻlsa-da, har xil turdagi muammolarni anglashga yordam beradigan keng tushunchalarni oʻz ichiga oladi. Shuning uchun baʼzida oʻquvchilar savolni boshidanoq qiyinlashtiradilar. Yechim ustida ishlashni boshlashdan oldin savollarni sekin oʻqib, tushunganiga ishonch hosil qilgach, masala yechimini boshlash maqsadga muvofiq.
Savolni qismlarga ajratish
Agar misol yoki masala qiyin tuyulsa, uni tarkibiy qismlarga ajratishga harakat qilish kerak, yechim doirasida imkon qadar koʻproq izlaning va zarur holatda yordam soʻrang.
Zarur boʻlganda yordam olish
Agar oʻquvchi konsepsiyani bilaman va savolni tushunaman, deb oʻylasa ham uni toʻgʻri yoʻnalishga olib borish uchun qoʻshimcha yoʻl-yoʻriq kerak boʻlishi mumkin.
Matematika oʻqituvchisidan qoʻshimcha dars olish, tengdoshlaridan yordam soʻrash yoki internetdagi olimlar sahifalarini kuzatish mumkin.
Yuzlik, oʻnlik va birlik yordamida ifodalash
Bir vaqtning oʻzida ikkitadan ortiq son qoʻshish aqliy jihatdan qiyin boʻlishi mumkin. Sonlarni qoʻshishning tezkor usullaridan biri bu ularni yuzlik, oʻnlik va birlik yordamida ifodalashdir.
Masalan, 317 va 518 raqamlarini qoʻshmoqchimiz deylik. Ularni 3•100+2•10 va 5•100+2•10 ga yaxlitlash va yigʻindi 8•100+4•10 ekanligini osonroq topish mumkin.
Keyin 320-317=3•100+1•10+1•10 –(3•100+1•10+7)=3 va oʻrtasidagi farqni olib tashlaymiz, 520-518= 5•100+1•10+1•10 –(5•100+1•10+8)=2, demak, 3+2=5.
Javob 840-5 = 835 boʻladi.