Joriy yilning 17-22 mart kunlari Portugaliyaning Lissabon shahrida TIMSS 2023 tadqiqoti doirasida Milliy loyiha koordinatorlarning yettinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tayotgani haqida avval xabar bergan edik.
Mazkur uchrashuvda O’zbekiston vakili sifatida Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti mutaxassislari ham ishtirok etishmoqda.
Uchrashuvning birinchi kunida tarjimani tekshirish, instrumentlarni mahalliylashtirish va joylashuvini tekshirish, xalqaro sifat nazorati monitoringi, ma'lumotlarni qayta ishlash va hujjatlarni takomillashtirishga doir qator masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, hisobot rejalari va muhim bosqichlarning umumiy ko'rinishi, xalqaro hisobot sxemasi, hisobot materiallari tahliliga to‘xtalib o‘tildi.
Bugun 19-mart kuni quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha muhokamalar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan:
– Yutuqlarni masshtablash metodologiyasi va amalga oshirish;
– TIMSS natijalarini sharhlash;
– Matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha xalqaro hisobot ko'rgazmalari loyihasini ko'rib chiqish;
– Kontekstni masshtablash metodologiyasi va amalga oshirish;
– Uy va maktab muhitida xalqaro hisobot ko'rgazmalari loyihasini ko'rib chiqish.
Mazkur tadbir doirasida IEA tashkilotining Gamburgdagi ofisi, RTI tashkiloti va TIMSS&PIRLS xalqaro tadqiqot markazi vakillari bilan konsultativ uchrashuvlar tashkil etish hamda TIMSS 2023 tadqiqotining xalqaro hisoboti loyihasi ishlab chiqish va kelgusidagi rejalarini muhokama qilish ham maqsad qilingan.
Mazkur uchrashuvlarda TIMSS 2023 tadqiqotini tashkil etish va ma’lumotlarni boshqarish jihatlari, mamlakatlarning ta’lim tizimlariga oid ensiklopediyani ishlab chiqish, tanlov jarayoni bilan bog‘liq masalalar muhokama qilinadi.