Joriy yilning 22-23-oktyabr kunlari Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Matematika instituti bilan hamkorlikda Uchtepa tumanidagi 129-maktabda matematika fani boʻyicha “Al-Xorazmiy izdoshlari” nomli olimpiada o‘tkazildi.
Olimpiadada maktabning 7-11-sinflarida tahsil olayotgan 100 nafardan ortiq oʻquvchi 5 ta topshiriqli yozma ish va 20 ta test savollari oʻz bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.
Mazkur jarayonlarda yozma ishni bajarish uchun 120 daqiqa vaqt ajratilib, har bir toʻliq hamda toʻgʻri bajarilgan yozma ishlar maksimal 10 balldan jami 50 ball bilan baholandi.
Jarayonlar yakunida gʻolib va sovrindor boʻlgan o‘quvchilar turli darajadagi diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishadi.