Sayt test rejimda ishlamoqda

Maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari o‘qituvchi-trenerlari malakasini oshirish masalalari muhokama qilindi

07.03.2025


Joriy yilning 7-mart kuni Koreya elchixonasi huzuridagi Koreya Respublikasi Ta’lim markazida Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi va Koreya Respublikasi Ta’lim markazi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.



Unda maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari o‘qituvchi-trenerlarining malakasini oshirish, ilg‘or tajribalarni milliy ta’lim tizimiga joriy etish hamda xorijiy mamlakatlarda malaka oshirish dasturlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.



Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish hamda muloqotlarni izchil davom ettirishga kelishib oldilar.