Sayt test rejimda ishlamoqda

Maktab oʻquvchilarining savodxonligini oshirish boʻyicha qisqa va uzoq muddatli rejalar ishlab chiqiladi

25.12.2023


Bugun, 25-dekabr kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazida A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti masʼul xodimlari ishtirokida maktab oʻquvchilarining funksional savodxonligini oshirish boʻyicha hamkorlikdagi rejalar muhokama qilindi.



Xususan hamkorlikdagi quyidagi vazifalar boʻyicha qisqa va uzoq muddatli rejalar tuzishga kelishib olindi:


fan yoʻnalishlari boʻyicha boshlangʻich, oʻrta va yuqori sinf oʻquvchilari uchun ilmiy tushunchalar asosida notanish va nisbatan murakkab voqea, hodisa, jarayonlarni izohlashga va turli darajadagi kognitiv koʻnikmalarni rivojlantirishga doir qoʻshimcha adabiyotlar va didaktik materiallarni yaratish; oʻquvchilarning kitobxonlikka boʻlgan qiziqishini oshirish;


yangi metodikalar asosida oʻqitishda ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytirish;


hayotiy masala va topshiriqlarni elektron platformalarga oʻyin koʻrinishida joylashtirish orqali oʻquvchilarning qiziqishini oshirish.