Sayt test rejimda ishlamoqda

Maktab oʻquvchilariga robototexnika boʻyicha master klass oʻtkazildi

11.10.2024


Joriy yilning 10-oktyabr kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan Uchtepa tumanidagi 129-maktabda “Robotech Uchtepa-2024” robototexnika boʻyicha master klass oʻtkazildi.


Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi, Toshkent shahridagi Inha universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda markaz xodimlar, mutaxassislar hamda maktab pedagogik jamoasi va oʻquvchilar ishtirok etishdi.



Tadbir davomida Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi hamda universitetning “Robotics lab” jamoasi kabi hamkor tashkilotlardan tashrif buyurgan mutaxassislar Sunʼiy intellekt va Robototexnika boʻyicha oʻz bilim va tajribalari bilan boʻlishishdi.



Shuningdek, ushbu soha boʻyicha xalqaro olimpiadalar hamda oʻquvchilar uchun imtiyozli kurslar haqida ham maʼlumot berildi.


Master klass yakunida oʻquvchilar sunʼiy intellekt va robototexnika boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.