Joriy yilning 24-sentyabr kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazida Toshkentdagi Inha universiteti rahbariyati bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Tadbir davomida informatika fanini interfaol usullar bilan oʻqitish va maktab oʻquvchilari orasida kompyuter savodxonligini oshirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, Uchtepa tumanidagi 129-maktabda taʼlim platformalarini sinovdan oʻtkazish va joriy etish imkoniyatlariga alohida eʼtibor qaratildi.
Uchrashuvda ilgari surilgan takliflar oʻquvchilar orasida kompyuter va axborot madaniyati darajasini oshirishga qaratilgan boʻlib, bu oʻquvchilarning raqamli koʻnikmalarini rivojlantirish va zamonaviy texnologik muammolarga tayyorlash yoʻlida muhim qadamdir.