Joriy yilning 30-iyul kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan Uchtepa tumanidagi 129-maktabda oʻquvchilar uchun sunʼiy intellekt va robototexnika kursining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni kirish so‘zi bilan ochib bergan Taʼlimni rivojlantirish markazi direktori v.v.b. Yuliya Risyukova zamonaviy bitiruvchi sinf o‘quvchilar uchun zamonaviy kasblarni egallash muhim ekanligini ta’kidlab, markaz tomonidan maktabga barcha yordam ko‘rsatilishini ta’kidladi.
"Yangi texnologiyalarning rivojlanishi zamonaviy kasblarni ham yaratib kelmoqda. Texnologiya, muhandislik va ijodkorlikni oʻzida birlashtirgan robototexnika shunday sohalardan hisoblanadi.
Mazkur loyiha orqali endi har biringiz robotlardan shunchaki foydalanish bilan birga, oʻzingizni muhandis, dasturchi va dizayner sifatida sinab koʻrishingiz ham mumkin.
Tashkil etilgan o‘quv kursi davomida Siz mexanika va elektronika boʻyicha bilimlaringizni oshirib, mantiqiy fikrlash va ijodkorligingizni ham rivojlantirishingiz mumkin.
Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi bu borada Sizlar uchun barcha sharoitlarni yaratib, zarur yordamlarni ko‘rsatishga tayyor", – dedi Taʼlimni rivojlantirish markazi direktori v.v.b. Yuliya Risyukova.
Trening ochilish marosimi davomida Toshkent shahrida joylashgan Turin politexnika universiteti professor o‘qituvchisi tomonidan o‘quvchilarga 21-asrda ishlab chiqarish sanoatini avtomatlashtirishga oid master-klass o‘tkazildi.
Bu jarayonlar orqali robototexnika va sun’iy intellekt yo‘nalishida bilim olishning qanchalik muhim ekanligi tushuntirildi.
Ma’lumot o‘rnida, maktabda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish hamda o‘quvchilarni zamonaviy kasblarga rag‘batlantirish maqsadida Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan 129-maktab o‘quvchilari uchun Robototexnika burchagi tashkil etilgan.
Bu yerda maktabning 32 nafar bitiruvchi sinf o‘quvchilari uchun 9-avgustga qadar sun’iy intellekt va robototexnika o‘quv tashkil qilinmoqda. To'garakni muvaffaqiyatli bitirganlarga esa sertifikat taqdim etiladi.
Loyiha doirasida koreyalik hamkorlar tomonidan Koreya ta’lim vazirligining granti asosida Robototexnika laboratoriyasini moddiy texnik bazasini shakllantirish maqsadida Arduino to‘plami va PIBO roboti olib kelingan.
Ushbu jihozlar orqali o‘quvchilarga nazariy o‘rgangan dasturlashga oid bilimlarini Robot qurilmarida sinovdan o‘tkazish imkoniyati yaratiladi.
Ta’kidlash lozim, o‘tgan davr mobaynida 129-maktabda faoliyatini har tomonlama takomillashtirishga qaratilgan 50 dan ortiq metodik tadbirlar va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan tadqiqotlar o‘tkazildi.
Ushbu maktabda tajriba-sinovdan oʻtkazilayotgan loyiha natijasida olinadigan ijobiy tajribalar boshqa maktablarga ham tatbiq etilishi rejalashtirilgan.