Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan Uchtepa tumanidagi 129-maktab oʻqituvchilari uchun 2024-2025-oʻquv yili oldidan amaliy seminar tashkil etildi.
Unda darslarni toʻgʻri tashkil etish, oʻquvchilarni hayot davomida oʻrganishga yoʻnaltirish, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlar, tabiiy-ilmiy savodxonlikni rivojlantirishga doir qator masalalarga toʻxtalib oʻtildi.
Seminar davomida oʻqituvchilarga baholashning yangicha tartibi – mezonlarga asoslangan baholash tartibi toʻgʻrisida tushunchalar berildi.
Oʻqituvchilar tomonidan qiziqish bildirilgan mazkur yoʻnalishda mazkur 2024-2025 oʻquv yilida maktabda joriy etiladigan formativ va summativ baholash toʻgʻrisida batafsil maʼlumotga ega boʻlishdi.
Jumladan, baholashning yangicha tizimi, baholash shkalasi, baholashning turlari va uni tashkil etish boʻyicha eng soʻngi maʼlumotlar yetkazildi.
Shuningdek, darslarning mazmun-mohiyati, taʼlim oluvchilar tayyorgarligining zarur va yetarli bilim darajasiga qoʼyiladigan umumiy talablar, oʼquv yuklamasining hajmini, taʼlim muassasalari faoliyati sifatini baholash tartiblari hamda rivojlantirish mexanizmini belgilash boʻyicha kun tartibida turgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Bundan tashqari, oʻquvchilarning tadqiqotchilik koʻnikmalarini oshirish, ularda tadqiqotchiga xos xususiyatlarni shakllantirish bilan bogʻliq jarayonlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Tadbir yakunida oʻqituvchilar markaz mutaxassislaridan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.