Sayt test rejimda ishlamoqda

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat taʼlimi markazi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

17.03.2025


Joriy yilning 17-mart kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi va Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat taʼlimi markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.



Mazkur memorandumga ko‘ra quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik aloqalarini rivojlantirish ko‘zda tutilgan:



– davlat taʼlim standartlari, davlat taʼlim talablari, malaka talablari, oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarini xorijiy ilgʻor tajriba asosida takomillashtirish;


– madaniyat va sanʼat sohasidagi taʼlim tashkilotlarida taʼlim sifati hamda oʻquv-tarbiya jarayonining taʼlim standartlari, oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiqligini monitoring qilish;


– taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan xalqaro konferensiyalar, seminarlar va oʻquvlarni tashkil etish hamda soha mutaxassislarining xorijiy mamlakatlarga stajirovkalarini tashkil etish;


– bolalar musiqa va sanʼat maktablari, ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyadan oʻtkazish;


– akademik materiallar, nashr yoki taqdimot uchun ilmiy ishlanmalar va boshqa tegishli maʼlumotlarni almashish.



Ta’kidlash joiz, ushbu hujjat tomonlar o‘rtasida madaniyat va sanʼat yoʻnalishidagi taʼlim tashkilotlariga uzluksiz metodik xizmat koʻrsatish, ularning oʻquv-metodik taʼminotini yaxshilash, taʼlim jarayoniga oʻqitishning innovatsion texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlash uchun asos yaratadi.