Joriy yilning 6-mart kuni Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazida Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat ta’limi markazi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda madaniyat va san’at yo‘nalishidagi ta’lim tashkilotlariga uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish, ularning o‘quv-metodik ta’minotini yaxshilash, ta’lim jarayoniga o‘qitishning innovatsion texnologiyalarini joriy etishga doir masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, sohadagi davlat ta’lim talablari hamda sohada xodimlar malakasini oshirish, ularning xalqaro almashinuv dasturlaridagi ishtirokini ta’minlash jarayonlari yuzasidan ham o‘zaro fikr almashildi.
Muhokamalar yakunida uchrashuvda ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha hamkorlik va muloqotlarni izchil davom ettirishga kelishib olindi.