Sayt test rejimda ishlamoqda

Kreativ fikrlash

30.11.2023


Kreativ fikrlash - bu o‘ziga xos g‘oyalarni yaratish, o‘zgacha fikrlash va muammolarga noan'anaviy burchaklardan yondashish qobiliyatini anglatadi. Bu an'anaviy fikrlash shakllaridan voz kechishni va yangi imkoniyatlarni o'rganishni o'z ichiga oladi. 


Bunday fikrlash turi badiiy yoki ijodiy sohalar bilan chegaralanib qolmaydi - bu turli sohalarda muammolarni hal qilish, innovatsiyalar va shaxsiy rivojlanish uchun qimmatli mahoratdir.


Har bir inson ijodkorlik, yaratuvchanlik qobiliyati bilan dunyoga keladi. Barcha odamlar tug'ma ravishda ijodkordir, agarda ijodkorlik muammoni hal qilish qobiliyati sifatida tushunilsa.


Hal qilish kerak bo'lgan muammo paydo bo'lganda ijodkorlik rivojlanadi. 


Muammolarni hal qilish - bu biz kundalik yumushlarni bajarishdan tortib, murakkab loyihalarni amalga oshirishgacha bo'lgan har kuni qilishimiz kerak bo'lgan holatdir. 


Kreativ fikrlash (tanqidiy fikrlashning hamrohi) o’quvchi uchun bebaho mahorat bo’lib, muammolar va vaziyatlarga yangicha nuqtai nazardan qarashga yordam beradi. 


Bu o'tmishdagi yoki hozirgi muammolarga mos noan'anaviy yechimlarni ishlab chiqish usuli. Bu fikr va g'oyalar muammoning cheklovlari, to‘siqlaridan oshib ketish yo‘li.


Ijodiy fikrlovchi o‘quvchi qiziquvchan, optimistik va boshqalar nazdida xayolparastroq, u muammolarni qiziqarli imkoniyatlar sifatida ko'radi va taxminlarga qarshi chiqib, osonlikcha taslim bo'lmaydi, qattiq mehnat qiladi.