Sayt test rejimda ishlamoqda

Koson tumanidagi ilgʻor pedagog kadrlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

19.04.2024



Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-oktyabrdagi 558-son qarorida davlat organlari rahbar kadrlari, senator va deputatlar, madaniyat, san’at va fan arboblari bilan uchrashuvlar tashkil etish belgilangan.


Mazkur vazifalardan kelib chiqib, joriy yilning 19-aprel kuni Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi ilgʻor pedagoglar taʼlimdagi islohotlar va zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan tanishish hamda tajriba almashish maqsadida Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markaziga tashrif buyurishdi.



Uchrashuv davomida pedagoglarda Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi faoliyati haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, taʼlimdagi yutuq va muammolar, oʻqitishning interfaol metodlari, xorijiy tillarni oʻqitishdagi ijobiy natijalar hamda PISA, PIRLS, TIMSS va TALIS kabi xalqaro tadqiqotlar haqida taqdimotlar qilinib, o‘zaro fikr almashildi. 



Ushbu ilg‘or pedagoglarni markaz tomonidan tashkil etilayotgan metodik marafonlarga trener sifatida jalb qilish va doimiy hamkorlik qilishga kelishib olindi.