Joriy yilning 20-avgust kuni Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning Oʻzbekistondagi ofisid
a Taʼlim rivojlantirish Respublika ilmiy-metodik markazi xodimlari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning Oʻzbekistondagi ofisi direktori oʻrinbosari Park Seolri xonim bilan 2026-2030 yillarda Janubiy Koreyaning tajribasi asosida “Integratsiyalashgan taʼlim statistika tizimini yaratish” hamda “Sunʼiy intellekt va Robototexnikani maktab bitiruvchi sinflariga oʻqitish” boʻyicha loyihalarni KOICA ODA texnik yordam granti asosida amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida muloqot davomida koʻtarilgan masalalar boʻyicha hamkorlik aloqalarini izchil davom ettirishga kelishib olindi.