Sayt test rejimda ishlamoqda

Koreya taʼlimni rivojlantirish instituti bilan hamkorlik loyihalari muhokama qilindi

26.07.2024


Joriy yilning 26-iyul kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi va Koreya taʼlimni rivojlantirish instituti (KEDI) vakillari oʻrtasida onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi. 



Uchrashuv davomida tashkilotlar oʻrtasida hamkorlik aloqalarining bugungi kundagi holati, istiqboldagi rejalar hamda hamkorlik loyihalarini amalga oshirish uchun kun tartibida turgan qator masalalar yuzasidan oʻzaro fikr almashildi. 



Muhokamalar yakunida uchrashuvda koʻtarilgan masalalar boʻyicha hamkorlik va muloqotlarni izchil davom ettirishga kelishib olindi.