Sayt test rejimda ishlamoqda

Koreya taʼlim tajribasi oʻrganildi

19.12.2023


Joriy yilning 11-17-dekabr kunlari mamlakatimiz taʼlim sohasi vakillaridan iborat delegatsiya tarkibida Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi vakillari ham Janubiy Koreyada boʻlishdi.



Tashrif davomida quyidagi tashkilotlar bilan uchrashuvlar oʻtkazildi:


1. Chuncheongnamdo taʼlim departamenti;

2. Koreya fan va ijodni rivojlantirish jamgʻarmasi;

3. Tegu shahar taʼlim boshqarmasi;

4. Koreya Kadrlar tayyorlash milliy instituti;

5. Chungbuk hududiy taʼlim boshqarmasi;

6. Chungbuk shahar taʼlim boʻlimi;

5. Koreya Respublikasi Taʼlim vazirligi huzuridagi Koreya taʼlim va tadqiqot axborot xizmati.


Tashrif dastlabki kunida vakillarimiz Chuncheongnamdo taʼlim departamentiga tashrif buyurib, Taʼlim ofisi rahbari janob Kim Ji Cheol bilan uchrashuv oʻtkazildi.



Unda taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlar, umumtaʼlim maktablaridagi oʻquv-metodik majmualardan samarali foydalanish usullari, majmualarni oʻquvchilarga tushuntirishda sunʼiy intellektning oʻrni yuzasidan oʻzaro fikr almashildi.


Oʻzbekiston umumtaʼlim maktablaridagi mavjud oʻquv-metodik majmualarni takomillashtirish va umumtaʼlim maktablarida oʻquvchilarni oʻqitishda sunʼiy intellektning oʻrnini oshirish boʻyicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.


Shundan soʻng, Oʻzbekiston delegatsiyasi 15-dekabr kuni Chuncheongnamdo taʼlim departamenti va “ Play Mathematics” fan markazi faoliyati bilan tanishdi.


Chungcheongnamdo taʼlim departamenti boshligʻi Kim Ji Chol va departament masʼullari bilan oʻtgan uchrashuvda kadrlar almashinuvi dasturlarini tashkil etish, oʻquvchilar almashinuvi dasturlarini joriy qilish, IT va robototexnika sohalarini yanada rivojlantirish yuzasidan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish singari qator masalalar yuzasidan kelishuvlarga erishildi.


Keyingi manzil – “Play Mathematics” fan markazi boʻldi. Bu yerdagi shart-sharoitlar, oʻqitishning innovatsion metodlari, aniq va tabiiy fanlardan olingan bilimlarni laboratoriya va amaliyotda qoʻllash yuzasidan yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishib chiqildi.


Oʻzbekistonda ham ushbu markazga oʻxshash Fan markazlarini tashkil qilish yuzasidan muhokamalar boʻlib oʻtdi.


Keyingi kun Tegu provinsiyada joylashgan Koreya Respublikasi Taʼlim vazirligiga qarashli taʼlim tashkilotlariga tashrif bilan boshlandi.


Dastlab, Koreya fan va ijodni rivojlantirish jamgʻarmasiga tashrif buyurildi. Bu yerda mazkur jamgʻarma direktori janob Li Hvan Chul bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.


Uchrashuv mobaynida jamgʻarmaning maktabdan tashqari taʼlimda tabiiy fanlar va texnologiya fanlari oʻqitish yuzasidan olib borayotgan faoliyati va Markaz bilan hamkorlikda mazkur fanlarni oʻqitish tajribasini Oʻzbekistonga joriy etish boʻyicha oʻzaro fikr almashildi.


Dayegu provinsiyasiga ikkinchi tashrif Dayegu shahar taʼlim boshqarmasi rahbari janob Kang Yun Hi bilan uchrashuvdan boshlandi.


Uchrashuv davomida taʼlim sohasida olib yangi islohotlar, oʻquv-metodik majmualarni taʼlimdagi oʻrni toʻgʻrisida va bu boradagi xato va kamchiliklar muhokama qilindi.


Navbatdagi tashrif Koreya Kadrlar tayyorlash milliy institutiga boʻldi.


Tashrif davomida Koreya taʼlim tizimida pedagoglar malakasini oshirish tajribasi, maktab direktorlarni tayyorlash va malakasini oshirish tartibi va Oʻzbekistondagi taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar, joriy etilayotgan yangiliklar va shu bilan birgalikda malaka oshirish sohasini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan oʻzaro maʼlumot almashildi.


Soʻnggi eng asosiy tashrif Tegu provinsiyasida joylashgan Koreya Respublikasi Taʼlim vazirligi huzuridagi Koreya taʼlim va tadqiqot axborot xizmatiga boʻlib oʻtdi. Mazkur Taʼlim va tadqiqot axborot xizmati (KERIS) Koreya Taʼlim vazirligi qoshidagi davlat muassasasi boʻlib, boshlangʻich taʼlimdan oliy taʼlimgacha boʻlgan taʼlimda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) bilan bogʻliq turli loyihalar va akademik tadqiqotlar sohasida faoliyat olib boradi.



Tashrif mobaynida:


- KERISning raqamli oʻquv-metodik majmualarini yaratishda olib borayotgan ishlari;


- 2025-yilgacha tajriba sifatida Janubiy Koreyaning barcha umumtaʼlim maktablarida hamda oliy taʼlimda 4 ta fan (matematika, ingliz tili, AKT, maxsus koreys tili taʼlimi) kesimida raqamli oʻquv-metodik majmualarida sunʼiy intellektni joriy qilish strategiyalari;


- mazkur tajribani Oʻzbekistonning umumtaʼlim maktablariga ham joriy qilish yuzasidan kelgusidagi hamkorlikdagi rejalar muhokama qilindi.


Shuningdek, Janubiy Koreyaning boshlangʻich va umumiy oʻrta taʼlim maktablarida foydalanilayotgan sunʼiy intellektni oʻrganish boʻyicha oʻquv-metodik majmualar namuna va oʻrganib chiqish uchun olib kelindi.


Oʻz navbatida, yuqorida koʻrsatilgan yoʻnalish boʻyicha Koreya taʼlim va tadqiqot axborot xizmati Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi bilan hamkorlikka tayyorligini va mazkur hamkorlik jarayonlarini yanada mustahkamlash maqsadida ikki oʻrtada memomrandum imzolash tarafdorligini maʼlum qildi.