Sayt test rejimda ishlamoqda

Koreya taʼlim dasturlari va baholash instituti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

13.08.2024


Joriy yilning 13-avgust kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi mutasaddilari hamda Koreya taʼlim dasturlari va baholash institutining Global hamkorlik departamenti direktori Hyung Mi Ju va ushbu departament xodimi Byungsu Min ishtirokida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 


Unda taʼlim sohasini rivojlantirishga qaratilgan tahliliy va amaliy tadqiqotlar oʻtkazish, taʼlim jarayonida jahon ilm-fani va texnologiyalari yutuqlaridan keng foydalanish boʻyicha ilmiy ishlanmalar va tavsiyalar tayyorlashda hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga doir qator masalalar muhokama qilindi. 


Shu bilan birgalikda Janubiy Koreyaning taʼlim jarayoniga innovatsion pedagogik texnologiyalarni, oʻqitishning samarali shakl va usullarini, taʼlim sifatini baholash va monitoring qilishning zamonaviy tizimlarini joriy qilish tajribasini oʻrganish yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.


Muhokamalar yakunida hamkorlik memorandumi loyihasi ko'rib chiqildi, oktyabr oyida imzolashga kelishib olindi. Shuningdek, uchrashuvda ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha hamkorlik va muloqotlarni izchil davom ettirishga kelishib olindi.