Sayt test rejimda ishlamoqda

Koreya oʻquv dasturlari va baholash instituti (KICE) vakillari o'rtasida onlayn uchrashuv bo'lib o'tdi

02.04.2025


2024-yilning oktyabr oyida Ta'limni rivojlantirish markazi taʼlim sohasidagi hamkorlik loyihalarini kengaytirish maqsadida amaliy tashrif bilan Koreya Respublikasida boʻlib qaytgandi. 

Mazkur tashrif davomida Koreya oʻquv dasturlari va baholash instituti (KICE) rahbariyati bilan qator yoʻnalishlarda muzokaralar oʻtkazilib, hamkorlik memorandumi imzolangan edi.



Ushbu memorandum doirasida joriy yilning 1-aprel kuni Ta'limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi va Koreya oʻquv dasturlari va baholash instituti (KICE) vakillari o'rtasida onlayn uchrashuv bo'lib o'tdi. 


Uchrashuv davomida yurtimizda ta'lim sifatini baholash va monitoring qilish bo‘yicha amalga amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'lumot berilib, mazkur yo‘nalishda KICE bilan hamkorlik bo‘yicha istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.



Muhokamalar yakunida uchrashuvda ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha muloqotlarni izchil davom ettirishga kelishib olindi.