Sayt test rejimda ishlamoqda

Koreya milliy transport universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

24.10.2024


Joriy yilning 23-oktyabr kuni Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi rahbariyati va Koreya milliy transport universiteti vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.



Uchrashuvda hamkorlik aloqalarining bugungi holati va kelajakdagi loyihalar muhokama qilindi.



Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 14-15-oktyabr kunlari Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi vakillari Koreya Respublikasiga safar qilishgan edi. Koreya milliy transport universiteti rahbariyati bilan ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish yuzasidan muzokaralar o‘tkazilib, hamkorlik memorandumi imzolangan.