Sayt test rejimda ishlamoqda

Koreya Respublikasi Ta’lim markazi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

02.04.2025


Joriy yilning 2-aprel kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi va Koreya elchixonasi huzuridagi Koreya Respublikasi Ta’lim markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. 


Ushbu hujjatga ko‘ra, quyidagi yoʻnalishlarda oʻzaro hamkorlik va tajriba almashish yoʻlga qoʻyiladi:



Ikki mamlakat maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari oʻrtasida hamkorlik aloqalarini oʻrnatishni ragʻbatlantirish va taʼlim sohalarida tajriba almashish;


Taʼlim sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash/qayta tayyorlashni rivojlantirish boʻyicha hamkorlik;


Har ikki davlat taʼlim sohasida tajriba almashish maqsadida qoʻshma tadbirlar tashkil etish;


Tomonlar vakillarining oʻzaro tashriflarini tashkil etish, taʼlim sohasida qoʻshma seminarlar, uchrashuvlar, amaliy seminarlar, konferensiyalar, forumlar va koʻrgazmalar oʻtkazish.



Ta’kidlash lozimki, ushbu hujjat maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim sohalarida o‘zaro tajriba almashish, malakali mutaxassislarni tayyorlash hamda qayta tayyorlash va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.