Sayt test rejimda ishlamoqda

Koreya Milliy transport universiteti vakillari bilan uchrashuv o’tkazildi

21.08.2023



Joriy yilning 18-avgust kuni Ta’limni rivojlantirish Respublika ilmiy-metodik markazida Koreya Milliy transport universiteti vakillari bilan uchrashuv o’tkazildi.


Uchrashuv davomida STEAM dasturini joriy etish, maktablarni mobil laboratoriyalar bilan ta’minlash va ushbu yo’nalishda dars beradigan o’qituvchilar malakasini oshirishni tashkil etishga qaratilgan loyiha muhokama qilindi. 


Loyihadan ko‘zlangan maqsad, o’quvchilarning darsdan tashqari mashg’ulotlar doirasida zamonaviy kasblarni o’rganishlariga ko‘maklashish va ularning innovatsion g’oyalarini rivojlantirishdir.


Uchrashuv yakunida mas’ul tashkilotlar bilan birgalikda ushbu loyihani amalga oshirish mexanizmlarini aniq belgilab olishga kelishildi.