Sayt test rejimda ishlamoqda

Jismoniy tarbiya va sport sohasida o'quv-metodik majmualar takomillashtiriladi

11.06.2024


Joriy yilning 28-may kuni Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi mutaxassislari hamda Sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 


Unda markazning Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazidan Maktabdan tashqari ta’lim uchun o‘quv-metodik komplekslarni ishlab chiqish va joriy etish bo‘limi mutaxassislari hamda institut rektori Ilhomjon Tursunaliyev, Ilmiy ishlar va xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektorlar ishtirok etdi. 



Uchrashuv davomida sport turlari bo‘yicha institut tomonidan tayyorlangan o'quv-metodik majmualar ko'rib chiqildi. Shuningdek, mazkur majmualarni yanada takomillashtirish yuzasidan o‘zaro fikr almashildi. 


Muhokamalar yakunida Markaz va institut o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolashga hamda shu asosda har bir sport turi boʻyicha namunaviy uslubiy qoʻllanma tayyorlashga kelishib olindi.