Sayt test rejimda ishlamoqda

Jahon banki vakillari bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

20.09.2023



Joriy yilning 19-sentabr kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. 


Tadbir boshida TRM direktori Vohid Xamidov Jahon banki vakillariga tashrif uchun minnatdorchilik bildirar ekan, mamlakatimiz taʼlim tizimini rivojlantirish borasidagi ishlarda Jahon banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar muhim oʻrin tutayotganini taʼkidladi.



Oʻz navbatida Jahon Bankining Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha Taʼlim loyihalari boshqaruvchisi Rita Almeida xonim taʼlim sohasidagi hamkorlik natijalariga to‘xtalib oʻtar ekan, O‘zbekistondagi “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi doirasida bir qator samarali ishlar amalga oshirilgani va bu kabi loyihalar kelgusida davom ettirilishini maʼlum qildi.




Tadbir davomida Jahon banki tomonidan o‘qituvchilar tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi sifatini oshirish boʻyicha amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyiha doirasida hamkorlik qilish bo‘yicha takliflar o‘rtaga tashlandi va muhokama qilindi. 


Uchrashuv yakunida hamkorlik loyihalari bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqishga kelishib olindi.