Joriy yilning 28-may kuni Respublika ta’lim markazida alohida taʼlimga ehtiyoji boʻlgan bolalar taʼlim olayotgan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlaridagi o‘quv dasturlarini qayta ko‘rib chiqish qaratilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Unda Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti hamda Chirchiq davlat pedagogika instituti mutaxasisilari ishtirok etishdi.
Yig‘ilish davomida mazkur ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlaridagi oʻquv dasturlarining bugungi kundagi holati muhokama qilindi.
Shuningdek, ushbu dasturlarni yanada takomillashtirish hamda 2024/2025-oʻquv yili uchun tayanch oʻquv rejasini ishlab chiqish yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.
Tadbir yakunida, yig‘ilishda ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha hamkorlik va muloqotlarni davom ettirishga kelishib olindi.
Ta’kidlash lozim, 2024-yil 20-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida ijtimoiy himoya sohasidagi xizmatlar qamrovini yanada kengaytirish vazifalariga bagʻishlab oʻtkazilgan yigʻilishda mas’ul tashkilotlargan 2024-yil 1-sentabrga qadar alohida taʼlimga ehtiyoji boʻlgan bolalar taʼlim olayotgan ixtisoslashtirilgan maktablarning oʻquv dasturini qayta koʻrib chiqish vazifasi belgilangandi.