Sayt test rejimda ishlamoqda

Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

10.09.2024



Joriy yilning 10-sentyabr kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi (ITSM) oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.





Mazkur memorandumga asosan, quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha hamkorlik aloqalarini oʻrnatish koʻzda tutilgan:


taʼlim jarayoniga innovatsion pedagogik texnologiyalar va oʻqitishning zamonaviy usullarini, taʼlim sifatini baholashning zamonaviy tizimlarini joriy qilish;


taʼlim sohasini rivojlantirishga qaratilgan tadqiqot loyihalarini amalga oshirishda mahalliy va xorijiy grantlarda ishtirok etish;


taʼlimga oid multimedia va raqamli resurslarga qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqish va ularning samaradorligini tahlil qilish;


ilmiy ishlanmalar, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar, multimedia va raqamli taʼlim resurslarini ishlab chiqish hamda ularni taʼlim jarayoniga tatbiq etish;


kasbga yoʻnaltirish va raqamli taʼlimni rivojlantirish boʻyicha oʻquv kurslar, seminar-treninglar, ilmiy-amaliy konferensiyalar va olimpiadalarni tashkil etish.


Mazkur Memorandum ishtirokchilar oʻrtasida maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlimi tizimida taʼlim mazmunini yangilash yoʻlida olib borilayotgan islohotlarni oʻzaro muhokama qilish, oʻqitish va oʻrganish amaliyotini tajriba, tadqiqot va izlanishlarning innovatsion usullari orqali zamonaviylashtirish, shu maqsadlarda turli qoʻshma loyihalar ishlab chiqish uchun asos yaratadi.