Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan Toshkent shahridagi umumiy o‘rta taʼlim maktablarida laboratoriya va amaliy mashgʻulotlarni simulyatsion vositalar yordamida amalga oshirish hamda ushbu innovatsion taʼlim kontentlarining samaradorligini baholash bo‘yicha SECE (Smart Educational Content Evaluation) tahlil oʻtkazilmoqda.
Tabiiy fanlarga oid laboratoriya va amaliy mashgʻulotlarni interaktiv tashkil etish bo‘yicha “Yagona raqamli taʼlim resurslari va xizmatlari portali” tarkibida joylashgan Virtual laboratoriyalar va simulyatsiyalar platformasining samaradorligini tahlil qilish maqsadida olib borilayotgan jarayonlarda tajriba-sinov sifatida Yunusobod tumanidagi 220- va 249-sonli maktablarning tabiiy fan o‘qituvchilari va o‘quvchilari ishtirok etishmoqda.
Bunda fizika fani oʻqituvchilari ikki hafta davomida amaliy va laboratoriya mashgʻulotlarini ushbu taʼlim resurslaridan faol foydalanib olib boradilar.
Shuningdek, ushbu innovatsion usullarning oʻquvchilar oʻzlashtirishiga taʼsiri va pedagoglarning bu boradagi fikr-mulohazalari oʻrganiladi hamda ta’lim resurslarining samaradorligi baholanadi.