Sayt test rejimda ishlamoqda

Inklyuziv taʼlim masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminar boʻlib oʻtdi

26.04.2024



Joriy yilning 26-aprel kuni YUNISEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasining tashabbusi bilan inklyuziv taʼlim masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminar boʻlib oʻtdi.  



Unda Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mutaxassislari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. 


Seminar davomida inklyuziv taʼlim sohasini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan qadamlar muhokama qilindi. 



Shuningdek, mutaxassislar bu borada o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.