Sayt test rejimda ishlamoqda

IBRO-2025 olimpiadasi tashkiliy masalalari muhokama qilindi

22.02.2025


Joriy yilning 21-fevral kuni Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi va hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari mutasaddilari o‘rtasida Iqtidorli bolalar respublika olimpiadasining (IBRO-2025) tashkiliy masalalariga doir videokonferensiya formatidagi muloqot bo‘lib o‘tdi. 


Unda olimpiadaning o‘tkazilish bosqichlari hamda mazkur jarayonlarda tashkilotchilar tomonidan e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar va bu borada amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.


Uchrashuv yakunida tomonlar muhokamalar davomida ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha hamkorlik va muloqotlarni izchil davom ettirishga kelishib olishdi.