Sayt test rejimda ishlamoqda

Hududlarda oʻrganishlar oʻtkazilmoqda

24.01.2024


Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi xodimlari Respublika ishchi guruhi tarkibida hududlarda boʻlib, taʼlim tashkilotlari faoliyatini oʻrganishmoqda.


Xususan, shu kunlarda markaz direktori Vohid Xamidov boshchiligidagi masʼul xodimlar Andijon va Fargʻona viloyatidagi pedagogika oliy taʼlim muassasalari, pedagoglar malakasini oshirish hududiy markazlari va maktablar faoliyati bilan tanishishmoqda.



Oʻrganishlar davomida ishchi guruh aʼzolari tomonidan Prezidentimizning sohani rivojlantirishga qaratilgan qarorlarining joylardagi ijrosi, taʼlim sifati oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, darsliklar, oʻquv adabiyotlar hamda laboratoriya jihozlar bilan taʼminlanganlik holatiga eʼtibor qaratilmoqda.



Shuningdek, taʼlim tashkilotlari rahbarlari va pedagoglar bilan mavjud muammolar va istiqboldagi rejalar boʻyicha fikr almashilmoqda.


Ishchi guruh oʻrganishlari boshqa viloyatlarda ham davom ettiriladi.