Sayt test rejimda ishlamoqda

Huawei kompaniyasi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

30.08.2024


Joriy yilning 30-avgust kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazida Huawei kompaniyasining vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.


Uchrashuvda oʻzaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish yoʻnalishlari muhokama qilindi.



Xususan, kelgusida Huawei kompaniyasi tomonidan taʼlimda foydalaniladigan innovatsion yechimlarni tajriba sinovdan oʻtkazish imkoniyatlari muhokama qilindi.




Tomonlar hozirgi kunda raqamli texnologiyalar shiddat bilan rivojlanib, zamonaviy texnologik yechimlar taʼlim sohasida ham dolzarb ahamiyat kasb etayotganligi taʼkidlashdi.


Uchrashuv yakunida muloqot davomida koʻtarilgan masalalar boʻyicha hamkorlik aloqalarini izchil davom ettirishga kelishib olindi.