Sayt test rejimda ishlamoqda

Formativ baholash bo’yicha o’qituvchilarga metodik yordam ko’rsatildi

26.11.2024


Joriy yilning 26-noyabr kuni Uchtepa tumanidagi 129-maktabda formativ baholash bo’yicha o’qituvchilarga metodik yordam ko’rsatish bo‘yicha seminar tashkil etildi. 



Seminar davomida o‘quvchilarda 21-asr ko’nikmalarini rivojlantirish, summativ va formativ baholashlarning farqi, formativ baholashda e’tibor qaratish lozim bo’lgan jihatlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.


Shuningdek, o’quvchilarni jamoada ishlash, kreativ va tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan topshiriqlar tuzish usullari bo‘yicha o’qituvchilarga master-klass ham tashkil etildi.



Tadbir yakunida o’qituvchilarga markaz tomonidan ishlab chiqilgan “4K konikmalarini baholash rubrikalari” qo’llanmasining elektron nusxalari taqdim etildi va ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.