Joriy yilning 20-noyabr kuni Uchtepa tumanidagi 74-maktabda fizika fani o‘qituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” doirasida dars jarayonlarida zamonaviy pedagogik dasturiy vosiyalar hamda virtual laboratoriyalardan foydalanish bo‘yicha seminar trening o‘tkazildi.
Unda The Physics Aviary onlayn ta’lim platformasining o‘zbek tilidagi talqini taqdimoti, uning imkoniyatlari hamda resurslardan foydalanish bo‘yicha nazariy va amaliy tushunchalar berildi.
Seminar trening davomida o‘qituvchilar platformada keltirilgan raqamli ta’lim resurslari bilan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Shu bilan birga, platformadagi laboratoriya mashg‘ulotlari va topshiriqlarni takomillashtirish bo‘yicha o‘z takliflarini berib o‘tishdi.
Bundan tashqari, Markaz tomonidan ishlab chiqilgan “Innovatsion ta’lim texnologiyalari va vositalari” nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanmadan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berib o‘tildi.
Ma’lumot uchun, The Physics Aviary platformasida fizika faniga oid 348 ta topshiriqlar, 183 ta laboratoriya mashg‘ulotlari, 66 ta interaktiv o‘yinlar va 18 ta vositalaridan o‘zbek tilida foylalanish imkoniyati yaratilgan.