Sayt test rejimda ishlamoqda

Dongguk universiteti professori bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

14.11.2024


Joriy yilning 13-noyabr kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazida Janubiy Koreyaning Seul shahridagi Dongguk universiteti taʼlim boʻlimi professori Namin Shin xonim bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.



Uchrashuv avvalida Namin Shin xonim Dongguk universiteti tomonidan olib boriladigan loyihalar va Koreya taʼlim tizimi va hozirgi kunda qoʻllaniladigan ilgʻor tajribalar yuzasidan atroflicha maʼlumot berib oʻtdi.


Shuningdek, Oʻzbekistonda taʼlim innovatsiyalarini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar yuzasidan oʻzaro fikr almashildi.



Muhokamalar yakunida uchrashuvda koʻtarilgan masalalar boʻyicha hamkorlik va muloqotlarni izchil davom ettirishga kelishib olindi.