Sayt test rejimda ishlamoqda

Darsliklar mualliflari ishtirokida seminar-trening bo‘lib o‘tdi

29.10.2024


Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan Uchtepa tumanidagi 129-maktabda Toshkent shahridagi maktab o‘qituvchilari uchun darsliklar mualliflari ishtirokida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.



Unda mualliflar tomonidan pedagoglarga zamonaviy ta’lim texnologiyalari va metodlaridan foydalanish, darslarni tashkil etishda o‘quvchiga yo‘naltirilgan ta’lim, o‘quvchilarni tanqidiy va ijodiy fikrlashga o‘rgatish yuzasidan o‘zaro tajriba almashishdi.



Seminar yakunida o‘qituvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi hamda darslik mualliflari bilan uchrashuvlarni muntazam tashkil etib borishga kelishib olishdi.