Toshkent shahridagi 129-sonli umumtaʼlim maktabida informatika, kimyo, biologiya va tabiiy fan oʻqituvchilariga virtual reallik (VR) texnologiyasidan foydalangan holda laboratoriya mashgʻulotlarini tashkil etish imkoniyatlari boʻyicha taqdimot oʻtkazildi.
Taqdimot davomida oʻqituvchilar VR texnologiyasi orqali laboratoriya mashgʻulotlarini amaliy oʻtkazish, oʻquvchilarni toʻliq virtual muhitda turli fanlar boʻyicha tajribalar oʻtkazishga jalb qilish imkoniyatlari bilan tanishdilar.
Shu bilan birgalikda, virtual reallikdan foydalanish oʻquvchilarning fanlarga boʻlgan qiziqishini oshirish va amaliy koʻnikmalarini rivojlantirishda muhim vosita boʻlishi taʼkidlandi.
Qayd etish lozim, bu kabi innovatsion texnologiyalardan foydalanish taʼlim jarayonini yanada samarali qilishi, hamda tabiiy fanlarni oʻrgatishda oʻquvchilarga yangi tajribalarni yodda qoldirishni osonlashtiradi.
Tadbir yakunida oʻqituvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.