Joriy yilning 20-may sanasida Uchtepa tumani 129-umumiy oʻrta taʼlim maktab bitiruvchi oʻquvchilari oʻrtasida yakuniy diagnostik test sinovlari boʻlib oʻtdi.
Mazkur test sinovlarini oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad – joriy yilda maktabdagi taʼlim sifati oʻsishini aniqlash, baho berish hisoblanadi. Shu bilan birgalikda, oliy taʼlim muassasalariga kirish testlaridagi kabi haqiqiy test muhitini yaratib berib, oʻquvchilar oʻz imkoniyatlariga xolis baho berishlari uchun yordam erishdan iborat.
Jarayonlar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan taqdim etilgan test topshiriqlari asosida tashkil etildi. Unda oʻquvchilar tomonidan tanlagan kasb yoʻnalishiga mos 2 ta mutaxassislik fani hamda 3 ta majburiy fanlardan o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.
Diagnostik test sinovlari davomida oʻquvchilarga joriy yildan boshlab, oliy taʼlim muassasalarida “avval test, keyin yoʻnalish tanlash” tamoyili asosida qabul jarayonlari boʻlib oʻtishi haqida batafsil maʼlumot berildi.
Ta’kidlash lozim, test natijalari tahlil qilinib, oʻquvchilar qabul imtihonlarida qaysi mutaxassislik fanlariga ustuvorlik berishlari kerakligi yuzasidan tavsiyalar beriladi.