Bugungi kunda mamlakatimizda inklyuziv ta’lim uchun qulay o‘quv-metodik materiallar, o‘qituvchilar uchun amaliyot va maktab muhitini yaratish hamda o‘qituvchilar va nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan birgalikda ishlab chiqilgan barqaror siyosatni rivojlantirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur islohotlar doirasida joriy yilning 22–27-iyul kunlari "Barcha bolalar muvaffaqiyatli" loyihasi doirasida 2024-2025-yillar uchun vazifalarni rejalashtirish hamda amalga oshirish mexanizmlari ishlab chiqish bo'yicha muhokama bo'lib o'tmoqda.
Muhokamalarda barcha hamkor tashkilotlar qatorida Ta’limni rivojlnatirish respublika ilmiy-metodik markazi vakillari ham ishtirok etmoqda.
Tadbirlar davomida loyihaning asosiy 3 ta natijalari "Inklyuziv ta'limga oid o'qitish va o'quv-metodik materiallarni qo'llab-quvvatlash", "O'qituvchilar malakasini oshirish va pedagogik amaliyotni tashkil etish" hamda "Ta'lim tizimida samarali va barqaror islohotlarni qo'llab-quvvatlash" doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda istiqboldagi rejalar yuzasidan o‘zaro fikr almashish ko‘zda tutilgan.