Sayt test rejimda ishlamoqda

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

27.06.2024



Joriy yilning 24-iyun kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.



Mazkur memorandumga asosan, quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha hamkorlik aloqalarini oʻrnatish koʻzda tutilgan:


– Oʻzaro manfaatli sohalarda qoʻshma tadqiqot loyihalarini amalga oshirish;


– Maktablarda mediata’lim sohasida ilmiy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etish;


– Maktab oʻquvchilari uchun media sohasining mutaxassislari, blogerlar, yetakchi jurnalistlar va boshqalarni jalb etgan holda oʻquv seminarlari va mahorat darslarini oʻtkazish;


– Oʻquvchilarining axborot sohasiga boʻlgan qiziqishini ragʻbatlantirish hamda maktablarda Media-klub tashkil etishda faol yordam ko‘rsatish;


– Taʼlim tizimiga mediataʼlim tamoyillarini joriy etish boʻyicha hamkorlik qilish.



Mazkur Memorandum media ta’lim sohasida ilmiy-tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash, maktab o‘quvchilari o‘rtasida media savodxonlikni oshirish hamda shu orqali ta’lim mazmunini boyitish bo‘yicha turli loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun muhim zamin yaratadi.