Sayt test rejimda ishlamoqda

Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida press-tur tashkil etildi

08.10.2024


Joriy yilning 8-oktyabr kuni Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti yangi binosi va institut faoliyati mazmunidagi o‘zgarishlar haqida ma'lumot berildi.



Unda ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar, blogerlar va taʼlim tashkilotlarining Matbuot kotiblari ishtirok etdi.



Tadbir davomida ishtirokchilarga yangi bino, A.Avloniy yodgorlik muzeyi, Axborot-resurs markazi, “Situatsion” o‘quv xonasi, “Tarbiya va maʼnaviy kamolot” xonasi, videodarslarni tasvirga olish studiyasi, STEAM markazi hamda mehmonxona, pedagoglar uchun yaratilgan barcha sharoitlar bilan tanishtirdilar.


Press-tur yakunida jurnalist va blogerlarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.



Ta’kidlash lozim, yangi binodan menejerlik oʻquv kurslari hamda pedagoglarning malakasini oshirish uchun 850 oʻrinli zamonaviy oʻquv xonalari, 87 750 ta fondga ega Axborot-resurs markazi, Abdulla Avloniy nomidagi yodgorlik Muzeyi hamda malaka oshirish uchun kelgan pedagoglar uchun 560 oʻrinli zamonaviy mehmonxona tipidagi yotoqxona oʻrin oldi.



Shuningdek, institutda Innovatsion faoliyatni rivojlantirish, tabiiy fanlar va muhandislik, matematika yoʻnalishdagi fanlararo, ilmiy-tadqiqot va loyiha mashgʻulotlariga asoslangan zamonaviy taʼlim muhitini yaratish maqsadida STEAM laboratoriyasi barpo etildi.