
Joriy yilning 16-yanvar kuni Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi va “Teach for Uzbekistan” nodavlat notijorat muassasasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandum doirasida bir qator yo‘nalishlarda hamkorlik aloqalarini rivojlantirish belgilab olindi.
Ushbu hujjat ta’lim jarayoniga innovatsion pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish hamda chekka hududlardagi maktablarda ta’lim sifatini oshirishga yo‘naltirilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.

Shu bilan birga, memorandum xalqaro tajriba asosida o‘quv-uslubiy resurslarni yangilash va pedagoglarning kasbiy salohiyatini yuksaltirish uchun mustahkam asos yaratadi.