Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazida "1-oktyabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida markaz rahbariyati va mutasaddilari ishtirokchilarni yaqinlashib kelayotgan bayram bilan samimiy qutladi.
Shuningdek, markaz faoliyatini takomillashtirishda faollik koʻrsatgan bir guruh markaz xodimlari turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi.