
Joriy yilning 1-iyul kuni Andijon shahridagi 41-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan hamda Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda “Kichik qadamlar — katta o‘zgarishlar: bolalarda ekologik madaniyatni shakllantirish” mavzusida amaliy trening tashkil etildi.



Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar ekologik tarbiyani maktabgacha yoshdagi bolalarga sodda, qiziqarli va yosh xususiyatlariga mos tarzda yetkazish usullari bilan tanishdilar. Shuningdek, ekologik muhitni yaratish, bolalar bilan interaktiv mashg‘ulotlar o‘tkazish, hikoya qilish, "Storytelling" metodidan foydalanish hamda “Quvnoq yer, xafa yer” kabi amaliy faoliyatlarni tashkil etish bo‘yicha master-klasslar o‘tkazildi.

Treningning muhim jihatlaridan biri olingan bilim va ko‘nikmalarni hududlardagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bosqichma-bosqich yetkazishdir. Shu maqsadda ishtirokchilarga kelgusida ushbu mavzuda kaskad usulida treninglar tashkil etish, pedagoglarga metodik yordam ko‘rsatish hamda ekologik tarbiya bo‘yicha samarali yondashuvlarni keng ommalashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.