
Joriy yilning 30-iyun kuni Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazida mamlakatimizda istiqomat qilayotgan turli millat va elatlar vakillariga davlat tilini o‘rgatishga mo‘ljallangan o‘quv-metodik qo‘llanmalar hamda ko‘rgazmali materiallarni yaratish bo‘yicha tashkil etilgan ijodiy guruhning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda ishlab chiqilishi rejalashtirilgan o‘quv-metodik mahsulotlarning konsepsiyasi, mazmuni, tuzilishi va metodik yondashuvlari muhokama qilindi. Shuningdek, materiallarni tayyorlash jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, vizual va interaktiv yondashuvlardan foydalanish, turli yosh toifalarining ehtiyojlarini inobatga olish masalalariga e’tibor qaratildi.
Ijodiy guruh a’zolari tomonidan mahsulotlarni ishlab chiqish bosqichlari, bajarilish muddatlari, mualliflik ishlari hamda sifat talablariga oid takliflar ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish yakunida o‘quv-metodik mahsulotlarni tayyorlash bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.