Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi vakili JICA BRIGHT dasturida ishtirok etmoqda

30.06.2026

Ayni kunlarda Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi bo‘lim boshlig‘i Doniyor Ahmadaliyev JICA BRIGHT loyihasi doirasida Yaponiyada tashkil etilayotgan maxsus o‘quv-amaliy dasturda ishtirok etmoqda.

Mazkur dastur davomida ishtirokchilar Yaponiya ta’lim tizimida ta’lim sifatini oshirish, baholash, ta’lim tadqiqotlarini olib borish, maktab amaliyotini kuzatish hamda dars jarayonlarini takomillashtirish borasidagi ilg‘or tajribalar bilan yaqindan tanishmoqda.

Safarning asosiy maqsadi — Yaponiya tajribasini o‘rganish orqali O‘zbekistonda ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiluvchi amaliy yondashuvlar, tadqiqot vositalari va takliflarni ishlab chiqishdan iborat.

Dastur doirasida Naruto ta’lim universiteti professor-o‘qituvchilari, JICA mutaxassislari hamda Yaponiya maktablari vakillari bilan uchrashuvlar, seminarlar, maktab kuzatuvlari va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ushbu o‘quv-amaliy safar O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda milliy ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan muhim tashabbuslardan biridir.